Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:10

Suriyada qurolli to‘qnashuvlar fonida saylov o‘tkazildi


Suriyaliklaro Jeneva tinchlik muzokaralarining navbatdagi raundi Halab, Xamas va Damashqshahri atrofida muttasil davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar tufayli savol ostida qolmoqda.

Fevral oxirida AQSh va Rossiya vositachiligida erishilgan qisman tinchlik kelishuvi amal qilinishi gumon bo‘lib qolmoqda. AQShning BMTdagi vakili Samanta Pauer fikricha, yuzaga kelgan vaziyat BMTning Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Misturaga bu mamlakatni siyosiy barqarorlashtiruv bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishiga imkon bermaydi.

Chorshanba kuni Suriya hukumati parlament saylovlari o‘tkazdi.

250 deputatlik mandati uchun hukumat ma’qul ko‘rgan taqriban 3 yarim ming nafar nomzod kurashmoqda. 7 ming nafarga yaqin nomzod saylovdan chetlatilgan.

XS
SM
MD
LG