Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:32

Rossiyada martabasidan tushirilgan ruhoniy haydovchini do‘pposladi


Novosibirsk shahri politsiyasining bildirishicha, sobiq ruhoniy haydovchini ayovsiz do‘pposlayotgani aks etgan video o‘rganilmoqda.

42 soniya davom etuvchi video 10 aprel kuni kech yozib olingan. Video avvaliga VKontakte ijtimoiy tarmog‘ida tarqaldi. Keyinroq u “Vesti” hamda boshqa xabar saytlarida ham paydo bo‘ldi.

Videoda biri kostyum kiyib olgan, biri pravoslav ruhoniylarga xos kiyinib olgan ikki kishining uchinchi bir shaxsni yo‘l bo‘yidagi to‘siqqa tirab, boshi va betiga musht tushirayotganini ko‘rish mumkin.

Bu to‘qnashuvga nima sabab bo‘lgani videoda ko‘rsatilmagan.

“Vesti” tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, ruhoniy bir yil avval mansabidan tushirilgan.

Gazeta.ru sayti ruhoniyning ismi Aleksandr Chernikin ekani, u bir yil avval tijoriy ishlarga aralashgani va cherkov ichida ayirmachilikka chaqirgani uchun cherkovdan chetlatilgani haqida xabar berdi.

Kostyum kiyib olgan shaxs Chernikinning ukasi ekani aytilmoqda.

Video yirik savdo markazi yaqinida yozib olingan. Videoga olayotgan shaxsni aka-uka Chernikinlarni bas qilishga chaqirayotganini ko‘rish mumkin.

Gazeta.ru tarqatgan xabarda yozilishicha, jabrlanuvchining ismi Vadim Malsevdir. Malsevning ta’kidlashicha, mojaro ruhoniy va uning ukasi minib olgan mashina yo‘lning bir bo‘limini to‘sib, bir necha daqiqa joyidan siljimagani uchun boshlangan.

Malsev avtomobilidan chiqib, yo‘lni to‘sib olgan mashina haydovchisi – ruhoniyning ukasidan yo‘lni bo‘shatishni so‘ragan. Bunga javoban Chernikin va uning ukasi Malsevni haqorat qilgan.

Buning ortidan Malsev haydovchining bosh kiyimini yerga uloqtrigan va uning ko‘z oynagini tortib olgan. O‘sha payt Chernikin mashinadan tushib, Malsevga hujum qilgan.

Chernikin otvyortka ushlab olgan Malsev ukasini jarohatlashidan xavotirlanganini aytgan.

“Uni tinchlantirish uchun yoqasidan ushlab, qo‘llarini qayirdim va to‘siqqa tiradim”, degan Chernikin.

Politsiya xodimlari bu hodisani ko‘rib chiqmoqda.

Gazeta.ru tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Chernikin taqinchoq olib-sotgani hamda Novosibirskda milliy cherkovdan mustaqil cherkov ochishga chaqirgani uchun mansabidan tushirilgan.

XS
SM
MD
LG