Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:36

Ukrainada parlamentdagi ikki yirik fraksiya yangi hukumat tuzish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdi


Ukrainadagi ikki yirik g‘arbparast partiya, xabarlarga ko‘ra, 13 aprel oqshomida parlament spikeri Volodimir Groysman boshchiligidagi yangi hukumat tarkibi yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishgan. Groysmanning matbuot kotibi Dmitriy Solyarchuk Tvitterdagi o‘z sahifasida koalitsiya tuzilgani haqida ma’lum qildi.

Groysman va uning kabineti korruptsiyaga oid janjal va boshqa muammolar qabatida 10 aprel kuni iste’foga chiqqan Arseniy Yatsenyuk hukumatining o‘rniga keladi.

Sobiq bosh vazir Yatsenyukning “Xalq jabhasi” partiyasi yangi koalitsiya tuzish bo‘yicha bir necha kundan beri Petro Poroshenko bloki bilan qizg‘in muzokara olib bordi.

Ikki partiya o‘rtasida kelishuvga erishilgani haqidagi ma’lumotni bir necha siyosatchi tasdiqladi. Ular sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan tashqari hukumatdagi barcha lavozimlarga nomzodlar yuzasidan kelishib olinganini bildirdilar. Ukraina parlamenti spiker o‘rinbosari Maksim Burbakka ko‘ra, yangi hukumat tarkibi rasman 14 aprel kuni e’lon qilinadi.

XS
SM
MD
LG