Линклар

Armaniston poytaxti Yerevanda 13 aprel kuni yuzlab odam Rossiyaning Ozarbayjonga qurol-aslaha sotishiga qarshi norozilik namoyishiga chiqdi. Norozilar fikricha, bu oldi-sotti 2 aprel kuni Tog‘li Qorabog‘ va uning atrofida jangovar harakatlar boshlanishiga turtki bo‘lgan.

Asosan yoshlardan iborat bo‘lgan namoyishchilar Rossiyaning Yerevandagi elchixonasi oldiga kelib, “Sharmandalik!” va “Erkin, mustaqil Armaniston” deya qichqirganlar.

Ularning ayrimlari elchixona binosiga tuxum otgan, bu esa OMON xodimlari bilan qisqa muddatli to‘qnashuvga sabab bo‘lgan.

Shundan so‘ng tadbir tashkilotchilaridan biri Ozarbayjonga Rossiyadan qurol-aslaha etkazib berishni zudlik bilan to‘xtatish talabi aks etmish petitsiyani o‘qib eshittirgan. Notiq Moskva Armaniston bilan harbiy ittifoqchilik taqazo qilgan majburiyatlarni bajarishi lozimligini ta’kidlagan.

Aytilishicha, Rossiya 2009-2011 yillarda tuzilgan shartnomalar asosida Ozarbayjonga umumiy qiymati 4 milliard dollar bo‘lgan tanklar, jangovar tikucharlar, to‘plar va boshqa hujum qurollarini sotgan.

O‘tgan hafta Yerevanda bo‘lgan Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bu shartnomalar “ziddiyat zonasida harbiy muvozanatni mustahkamlashga ko‘maklashishini aytgandi. Medvedev iddaosicha, Moskva Armaniston va Ozarbayjonga qurol-aslaha etkazib bermagan taqdirda ham, har ikkala tomon ularni boshqa mamlakatlardan sotib olgan bo‘lardi.

XS
SM
MD
LG