Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:52

Tojikistonlik mashhur rejissyor Rossiyaga kiritilmadi


Rossiyalik chegarachilar taniqli tojik rejissyori Barzu Abdurazzoqovning Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishiga izn bermadilar va bir soat so‘roq-savol qilganlaridan keyin uni Tojikistonga badarg‘a qildilar.

Barzu Abdurazzoqovning pasportida Ukraina, Turkiya va Gruziya muhrlarini ko‘rgan rus chegarachilari uni Moskvaga kiritmaganlar. Bu haqda rejissyorning o‘zi 13 aprel kuni Ozodlikning tojik xizmatiga ma’lum qildi.

Qirg‘izistonlik aktyorlar bilan birga Moskvaga uchib borgan Abdurazzoqov u yerdan MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlarining xalqaro teatr festivali o‘tkazilayotgan Sankt-Peterburgga o‘tib ketishi kerak edi. Bu festivalda Barzu Abdurazzoqov o‘zi sahnalashtirgan “Manqurt haqida ballada” spektaklini taqdim qilmoqchi edi.

XS
SM
MD
LG