Линклар

logo-print

Toshkentda O‘zbekiston Markaziy banki har yili o‘tkazib boradigan BankExpo-2016 ko‘rgazmasi boshlandi va unda bank xizmatlari, texnologiyalari va uskunalari namoyish qilinmoqda.

Ko‘rgazmada mamlakatda ishlayotgan barcha tijorat banklari, kredit tashkilotlari, yetakchi sug‘urta shirkatlari va Internet texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi shirkatlar qatnashmoqda.

Rasmiy xabarga ko‘ra, ko‘rgazmaga barcha ta’lim muassasalari, "Kamolot" harakati, "Hunarmand" jamg‘armasi, Soliq qo‘mitasi va qator boshqa tashkilotlar vakillari taklif qilingan.

Bu yil ko‘rgazmada asosiy e’tibor oliy va o‘rta-maxsus o‘quv yurtlari bitiruvchilariga kichik va oilaviy tadbirkorlikni tashkil qilish, yuritish bo‘yicha zarur ma’lumotlarni taqdim qilishga qaratilgani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG