Линклар

O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi bu yilning birinchi kvartalida mamlakat aeroportlaridan xorijga olib chiqilayotgan qiymati 212 million so‘mlik xorijiy valyutani ushlab qolganini ma’lum qildi.

Bu summa 70 ming AQSh dollariga tengdir.

Qo‘mita matbuot xizmatiga tayanib mahalliy matbuot bergan xabarga ko‘ra, qonun buzilishiga oid 58ta holat qayd etilgan va xorij valyutasi aksariyat hollarda Olmaota, Minsk, Yekaterinburg, Novosibirsk, Bangkok yo‘nalishlarida uchayotgan fuqarolar tomonidan sodir etilgan.

Rasmiy xabarda aksariyat hollarda shaxslar xorijga yonida olib chiqayotgan AQSh dollarini bojxona deklaratsiyasida qayd etmagani uchun to‘xtatilgani va bu valyuta musodara qilingani aytilgan. Shuningdek, yo‘lovchilarning pullarini kiyimlari qati, jomadonlariga yashirishga urinishi, ich kiyimlari orasiga tikib qo‘yishi kuzatilayotgani aytilgan.

O‘zbekistonda mavjud qonunchilikka binoan mamlakatdan 2 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan xorij valyutasini olib chiqish mumkin va bu summa bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

XS
SM
MD
LG