Линклар

Amnesty International tashkiloti 14 aprel kungi bayonotida Qrim prokurori Natalya Poklonskaya tomonidan qrim tatarlari Majlisi vakolatlarining to‘xtatilganini keskin qoraladi.

Bu qaror bilan milliy ozchilikda qolgan sanoqli huquqlardan yana biri buzildi, deya hisoblamoqda tashkilot.

Tashkilot tomonidan e’lon qilingan bayonotda, shuningdek, Rossiya hukumati ham anneksiya qilingan Qrimdagi tatarlarni taqdim qiluvchi vakillik organi a’zolariga tazyiq o‘tkazgani uchun qoralangan.

Huquq faollariga ko‘ra, bundan buyon o‘zini Majlis a’zosiman, deb taqdim qilgan har bir shaxs ekstremizmga oid ayblovlarda ayblanishi mumkin.

Qrim tatarlari majlisi raisi Rifat Chubarov prokurorning bunday qarorini keskin tanqid qildi va "jinoyatkorona harakat" deb baholadi.

Prokuror esa Majlis a’zolari harakatlarida ekstremizm alomatlari aniqlangani bois, uning vakolatlari to‘xtatilganini aytgan.

XS
SM
MD
LG