Линклар

Asosan, O‘zbekiston va Tojikistondan Moskvaga borgan yuzdan ortiq mehnat muhojiri ovqatdan zaharlanib, shifoxonaga tushdi.

BBC rus xizmati bergan xabarga ko‘ra, Moskva shahridagi qurilish shirkatlaridan birida ishlayotgan muhojirlar kechki ovqatga berilgan kartoshka va tovuq go‘shtidan zaharlangan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Rossiyadagi «ETMOS» shirkati raisi Karimjon Yerov ovqat muhojirlarni ishga yollagan shirkat buyurtmasi bilan tayyorlanganini aytmoqda:

«Ishchilar bu haqda ochiq gapirmayapti, chunki ish joyini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqadi. Kecha oqshom politsiya xodimlari ham voqea joyidan video olishga qarshilik ko‘rsatgan. Yuzdan ortiq odam kasalxonaga yotqizildi. Shifokorlar yigitlarning hayotini saqlab qolish uchun shundoq ko‘chada birinchi yordam ko‘rsatishdi", deydi faol.

Rossiyadagi turli shirkatlarga yollangan mehnat muhojirlari, odatan, juda og‘ir gigienik sharoitlarda ishlashi, ularga elementar normalarga javob bermaydigan darajada xizmat ko‘rsatilishi tanqid qilib kelinadi.

XS
SM
MD
LG