Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:38

Rossiya: SU-24 samolyotlarimiz AQSh harbiy kemasiga xavf solmagan


Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiysi Igor Konashenkov AQShga qarashli "Donald Kuk" harbiy kemasi yonidan uchib o‘tgan harbiy samolyotlar xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya qilgan, deb bayonot tarqatdi.

"Interfaks" agentligi tarqatgan bayonotga ko‘ra, Rossiyaga qarashli SU-24 samolyotlari avvaldan rejalashtirilgan o‘quv-amaliy parvozlarni amalga oshirgan va bu paytda AQSh kemasi Rossiya harbiy-dengiz bazasidan 70 kilometr narida bo‘lgan.

Kuni kecha AQSh harbiy-dengiz floti Su-24 bombardimonchi samolyoti va Ka-27 vertolyoti Amerika esminetsi uzra parvoz qilayotgani aks etgan suratlarni chop etdi.

Amerika tomoni xabarida bu voqea 11-12 aprelь kunlari xalqaro dengiz hududida sodir bo‘lgani aytilgan edi.

XS
SM
MD
LG