Линклар

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 6 dan 14 daqiqa o‘tganida O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi hududda 3,5 ball kuchlanishda zilzila yuz berdi.

Qirg‘iziston Favqulodda holatlar vazirligining ma’lum qilishicha, zilzila epitsentri Qirg‘izistonning Ko‘ktosh qishlog‘idan 20 kilometr shimolda, ya’ni O‘zbekiston hududida bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda zilzila oqibatida vayronagarchiliklar va jabrlanganlar bo‘lmagan.

O‘zbekiston matbuoti va rasmiylari Toshkent vaqti bilan soat 8gacha bo‘lgan holatga ko‘ra, zilzila haqida ma’lumot tarqatgani yo‘q.

XS
SM
MD
LG