Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:15

Iroqning Hit shahri "Islomiy davlat"dan tozalandi


Iroqda payshanba kuni Hit shahri “Islomiy davlat" guruhi janggarilaridan tozalandi.

Hit shahrini ozod qilish amaliyoti mart oyining o‘rtalarida boshlangan edi. Anbar viloyatidagi Hit shahri Iroqdagi ID jangarilarini Suriyadagi jangarilar bilan bog‘lovchi tranzit yo‘lida joylashgan.

Bundan avvalroq esa Iroq harbiylari Anbar viloyati markazi Ramadi shahrini janggarilardan tozalashga muvaffaq bo‘lgan.

Islomiy davlat guruhi poytaxt Bag‘doddan shimoli va sharqda joylashgan katta hududni 2014 yilda bosib olgan. Iroq harbiylari AQSh harbiy havo zarbalari yordamida janggarilari bir qator hududlardan haydab chiqarishga muvaffaq bo‘ldi.

Ayni paytda Iroqning Anbar va Nineviya viloyatlarining katta qismi "Islomiy davlat" nazoratida qolmoqda.

XS
SM
MD
LG