Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:23

Toshkentda ShHT Xavfsizlik kengashlari kotiblari yig‘ilishi yakunlandi


Toshkentda 13-14-aprel kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining o‘n birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, yig‘ilishda terrorchilik, separatchilik, ekstremistlik, qurol-yarog‘ va narkotiklarning noqonuniy aylanishi, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilingan.

Ishtirokchilar 23-24-iyunda Toshkentda o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ishlari haqida O‘zbekiston tomonining axborotini tingladi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston a’zo davlat hisoblanadi.

XS
SM
MD
LG