Линклар

Suriyada kechayotgan janglar oqibatida so‘nggi ikki kun ichida kamida 30 ming fuqaro o‘z uyini tashlab qochishga majbur bo‘ldi. Bu haqda bugun Human Rights Watch tashkiloti xabar qildi.

HRW Turkiyani qochqinlar uchun o‘z chegaralarini ochishga chaqirdi. Ayni paytda tashkilot Aleppodan qochgan odamlarni turk chegarachilari o‘qqa tutganini ta’kidladi.

Jenevada 15 aprel kuni o‘tkazilishi rejalangan Suriyadagi vaziyatga bag‘ishlangan muzokaralarda Suriya hukumati delegatsiyasi ishtirok etishi kutilgan.

Suriyada so‘nggi yillardagi qonli to‘qnashuvlar natijasida 270 mingdan ziyod odam qurbon bo‘lgan, malakatning qariyb yarim aholisi o‘z uylarini tashlab qochgan.

XS
SM
MD
LG