Линклар

logo-print

Ispaniya Sanoat vaziri lavozimini bajaruvchi Xose Manuel Soria "Panamageyt" mojarosi bois iste’foga ketdi.

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Soria qonunga xilof faoliyat bilan shug‘ullanganini inkor qilgan, biroq joriy yil oxiriga belgilangan saylovlarda o‘z partiyasi natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatmaslik uchun lavozimidan ketishini ma’lum qilgan.

Aprel boshida Panamadagi Mossack Fonseca advokatlik shirkatining 40 yillik maxfiy hujjatlari G‘arb jurnalistlariga sizdirildi.

Ushbu hujjatlarga ko‘ra, Soria siyosat bilan shug‘ullanishidan uch yil avval, 1992 yilda Bagamada rasmiylashtirilgan offshor kompaniyasi direktori bo‘lgan.

1995 yili Soria Kanar orollaridagi Las-Palmas shahriga mer qilib tayinlanganidan uch oy o‘tgach, ushbu kompaniya boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirilgan.

"Panamageyt" mojarosi bois Islandiya Bosh vaziri Sigmundur David Gunnlyoygsson ham iste’foga ketdi.

Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron esa otasiga tegishli ekani aytilgan offshor kompaniyasida ulushi borligi haqidagi ma’lumotlardan so‘ng o‘zining 2009 yildan 2015 yilgacha bo‘lgan davrdagi daromadlari bo‘yicha raqamlarni e’lon qildi.

Fosh bo‘lganlar orasida Rossiya¸ Qozog‘iston¸ Ozarbayjon va Ukraina prezidentlaridan tortib to Saudiya qiroli Salmon va futbol yulduzi Leo Messigacha bor.

Shuningdek, Panama shirkati yordamida "pul yuvganlar" orasida MXXga aloqador o‘zbekistonliklar ham bor.

XS
SM
MD
LG