Линклар

Samarqand viloyati Paxtachi tumani “Sultonobod” qishlog‘ida yashovchi fuqaro Navoiy shahrida qalbaki Coca-Cola va Fanta ichimliklarini sotayotgan paytida qo‘lga olindi.

“Huquq” gazetasi ma’lumotiga ko‘ra, samarqandlik fuqaro qo‘lbola usulda tayyorlangan plastik idishlarda jami 180 dona Coca-Cola va 18 dona Fanta ichimligini 676 ming 800 so‘mga pullayotgan payti ushlangan.

Samarqandlik ushbu fuqaroning uyi tekshirilganda, u qalbaki ichimliklarni ishlab chiqarish bilan avvaldan shug‘ullanib kelayotgani aniqlangan. Uning uyida o‘tkazilgan tintuv payti qo‘lbola usulda tayyorlangan 1,5 litr hajmdagi 110 dona plastik idishlarda Coca-Cola, 3 dona bo‘sh plastik idish va ichimlikni qadoqlashga mo‘ljallangan 5 dona polietilen qoplamasi topilgan.

“Huquq” gazetasi samarqandlik fuqaroning ismi-sharifi va unga nisbatan berilgan jazoni ochiqlamagan.

XS
SM
MD
LG