Линклар

Rossiyaning Saratov viloyati arbitraj sudi sudyasi Tatyana Leskina prezident Vladimir Putin iste’fosi talab qilingan arizani ko‘rib chiqish uchun qabul qilgani bois vakolatlaridan ayrildi.

Bu haqdagi qaror bugun sudning rasmiy saytida e’lon qilindi.

7 aprel kuni Saratov viloyat arbitaj sudi Balakovo shahri fuqarosi Nikolay Surorovning prezident Vladimir Putinni "xalq dushmani" deya ta’riflab, uning iste’fosini talab qilib yozgan arizasini qabul qildi. Biroq keyingi kuni sud arizani rad etdi.

XS
SM
MD
LG