Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:12

Kreml Putin xatosi uchun Suddeutsche Zeitung gazetasidan kechirim so‘radi


Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov o‘z rahbari Vladimir Putin 14 aprel kungi jonli muloqot chog‘ida Sueddeutsche Zeitung nemis gazetasi egasi nomini noto‘g‘ri keltirgani uchun kechirim so‘radi. Payshanba kuni o‘tkazilgan jonli muloqot payti Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Panama hujjatlari”ni birinchi bo‘lib chop etgan Sueddeutsche Zeitung nemis gazetasi Amerikaning Goldman Sachs mediaxoldingiga tegishli ekani va hujjatlarni bosilishida AQSh qo‘li borligiga ishora qilgandi.

14 aprel kuni o‘tkazilgan jonli muloqot davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin offshor hududlardagi yashirin moliyaviy faoliyatni fosh etuvchi hujjatlarni matbuotda e’lon qilinishi ortida AQSh rasmiy idoralari turganiga ishora qilgan va bu hujjatlarni birinchi bo‘lib chop etgan Sueddeutsche Zeitung nemis gazetasi Amerika shirkatiga tegishli, deb aytgandi.

- Buni yozganlar orasida Amerikaning rasmiy idoralari xodimlari borligini bilamiz. Men Peskov (prezident matbuot kotibi)dan bular birinchi bo‘lib qaysi gazetada bosilgani haqida so‘ragandim. U Süddeutsche Zeitung gazetasida bosilganini aytgandi. Bu gazeta Amerikaning Goldman Sachs xoldingiga tegishli. Hamma joyda buyurtmachilarning qulog‘i ko‘rinyapti, tag‘in uyalishmaydi ham, - degan edi Putin.

Avvalroq, Sueddeutsche Zeitung gazetasi jurnalistlari Panamada joylashgan Mossack Fonseca huquqiy shirkati mijozlarga pullarni yuvish, soliq va jazo choralaridan qochishda yordam berganini ko‘rsatuvchi hujjatlar chop etgandi.

"Panama hujjatlari" deya nom olgan dosyeda 72 nafar sobiq va amaldagi davlat rahbarlari, jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning safdoshlariga aloqador maxfiy offshor shirkatlari haqida ma’lumotlar berilgan.

Sueddeutsche Zeitung Rossiya prezidenti Vladimir Putining 14 aprel kungi bayonoti yuzasidan raddiya bildirdi.

Gazeta ijrochi direktori Stefan Xilsher Sueddeutsche Zeitung gazetasining Amerika shirkatiga bevosita ham bilvosita ham aloqasi yo‘qligini, uning ta’sischisi Suedwestdeutsche media xoldingiga tegishli Sueddeutscher Verlag nashriyoti ekani haqda ta’kidladi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov o‘z rahbari Vladimir Putin 14 aprel kungi jonli muloqot chog‘ida Sueddeutsche Zeitung nemis gazetasi egasi nomini noto‘g‘ri keltirgani uchun kechirim so‘radi.

– Bu bizning xatomiz, aniqrog‘i mening xatoim. U erda haqiqatan ham noto‘g‘ri ma’lumot ketgan, buning uchun gazetadan kechirim so‘raymiz, - dedi Peskov.

XS
SM
MD
LG