Линклар

O‘zbekiston sharqida shanba kuni kuchli zilzila ro‘y berdi.

Zilzila epimarkazi O‘zbekiston sharqida, Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududda, Toshkentdan 153 km, Namangandan 55 km uzoqlikda bo‘lgan.

U yerda zilzila kuchi Rixter shkalasi bo‘yicha 4,8 ballni tashkil qilgan, o‘chog‘i 40 km chuqurlikda bo‘lgan.

Zilzila poytaxt Toshkentda ham sezildi. Talafotlar haqida ma’lumot yo‘q.

So‘nggi paytlarda O‘zbekistonda zilzila tez-tez ro‘y bermoqda.

O‘tgan noyabr oyi o‘rtasi va joriy dekabr oyi boshida O‘zbekiston va Tojikistonda bir necha marta yer qimirlagandi.

Bu zilzilalar, ayniqsa, Tojikiston qishloq hududlarida katta talofotlarga sabab bo‘lgandi.

XS
SM
MD
LG