Линклар

Rim Papasi Frantsisk shanba kuni Gretsiyaga safari davomida Lesbos oroliga borib, u yerdagi qochinlarni ziyorat qildi.

Egey dengizidagi Lesbos orolida o‘z hayotlarini xatar ostiga qo‘yib Turkiyadan Yevropaga yo‘l olgan uch mingdan ziyod qochqin bor.

Papa Fransisk Lesbosda yuzlab muhojir bilan qo‘l berib ko‘rishdi. Papa aksari suriyalik bo‘lgan qochqinlardan o‘n nafarini o‘zi bilan Vatikanga olib ketishga qaror qilgan.

Bundan oldin Papa Fransisk Italiyaning Lampeduza orolidagi muhojirlar bilan ham uchrashgan edi.

XS
SM
MD
LG