Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:25

Armaniston ShHTning muloqotdagi hamkori maqomiga ega bo‘ldi


Armaniston Shanxay hamkorlik tashkilotining muloqotdagi hamkori maqomiga ega bo‘ldi.

Armaniston tashqi ishlar vazir Edvard Nalbandyan bu boradagi memorandumni ShHT bosh Rashid Alimov bilan imzolagan.

Rasmiy Yerevan Tog‘li Qorabog‘dagi shu oy boshida ro‘y bergan Ozarbayjon bilan qurolli mojaro ortidan ShHTga bosh urmoqda.

Shunday qilib ShHTning hamkori maqomiga ega davlatlar soni oltitaga etdi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga Rossiya, Xitoy va Markaziy Osiyoning to‘rt davlati O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston a’zodir.

ShHT doirasida kuzatuvchi maqomiga ega o‘n bir davlat ham bor.

XS
SM
MD
LG