Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:11

Andijonlik qochqin: MXX meni o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi


O‘zbekistondagi 2005 yilgi Andijon voqealaridan so‘ng davomli ta’qiblar ortidan vatanini tark etgan va hozirda Ukrainada yashayotgan o‘zbek qochqini o‘zbek MXXsi xodimlari uni o‘g‘irlashga uringanini aytdi.

Ismi oshkor etilmasligini istagan o‘zbekistonlik 25 yoshli qochqin Ozodlik bilan suhbatda yaqinlari Andijon voqealaridan so‘ng g‘arb davlatlarida boshpana olgani, o‘zi esa O‘zbekistonda bosim va qiynoqlarga chiday olmay 2011 yilda Ukrainaga qochishga majbur bo‘lganini gapirib berdi.

Андижонлик қочқин билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:17 0:00
Бевосита линк

2005 yilning mayida Andijonda hukumat kuchlari oddiy odamlarga o‘t ochishi ortidan 500ga yaqin o‘zbekistonliklar avvalo O‘sh, so‘ngra Ruminiya va u yerdan uchinchi davlatlarga ko‘chirilgandi, biroq ko‘plarining oila a’zolari Vatanda qolib ketishgandi.​

Inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari, jumladan, Hyuman Rayts Uotch vatanga qaytgan andijonlik qochqinlar hukumat bosimlari ostida qolishgani haqida bir necha bor bong urdi.

O‘zbekistonga qaytib borgan ayrim andijonliklar orasida tazyiqlarga dosh berolmay qayta qochqinlikka yuz tutganlari ham bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG