Линклар

Dunyoning 155 mamlakatidagi shifokorlar 17 apreldan boshlab poliomielitga qarshi yangi vaktsinadan foydalanishni boshladi.

1 mayga qadar tugallanishi ko‘zlangan emlash jarayonida yangi vaktsina "poliomielitni yengishda katta burilish yasaydi", deya bayonot tarqatdi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti.

Bu yilning o‘zida Afg‘oniston va Pokistonda bir necha bor ushbu kasallikning qo‘zg‘algani kuzatildi. Yangi vaksina vositada kasallikni tashuvchi birinchi va ikkinchi toifa virusni to‘liq yengish maqsad qilingan.

Yangi vaksina ham tomchilab og‘izga quyiladi va emlash uchun shifokorlarning qo‘shimcha mashg‘ulot olishiga zarurat yo‘q.

Yangi vaktsinadan nafaqat rivojlanayotgan mamlakatlar, balki Rossiya kabi rivojlangan mamlakatlarda ham foydalanilishi aytilgan.

XS
SM
MD
LG