Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:29

Ekvadorda kuchli zilziladan 70dan ortiq odam nobud bo‘ldi


16 aprel kechga yaqin Ekvadorda sodir bo‘lgan kuchlanishi 7,8 magnitudali zilzilada nobud bo‘lganlar soni kamida 77 nafarga yetdi.

Vitse-prezident Jorj Glasga ko‘ra, 600ga yaqin odam jarohatlangan.

Zilzila epitsentri poytaxt Kitodan 150 kilometr narida bo‘ldi va natijada, poytaxtning ayrim qismida elektr va uyali aloqa uzildi.

Zilziladan eng ko‘p zarar ko‘rgan Guayakil shahrida aholi uylari, sanoat binolari vayron bo‘ldi.

Prezident Rafael Korrea mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi hamda Vatikanga safarini qoldirdi.

Ekvadorda eng kuchli zilzila 1979 yilda sodir bo‘lgan va o‘shanda 600 odam o‘lgan, 20 mingga yaqini jarohatlangan edi.

XS
SM
MD
LG