Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:46

Guantanamodan ayblov qo‘yilmagan yana 9 mahbus ozod qilindi


Guantanamo qamoqxonasidagi 9 mahbus ozod qilindi va Saudiya Arabistoniga yo‘llandi.

Pentagon ma’muriyati 16 aprel oqshomida tarqatgan bayonotga ko‘ra, 9 kishining hammasi yamanlik, ammo Yamandagi beqarorlik bois ular vataniga jo‘natilmasligi mumkin. Mahbuslarning hammasi Saudiyada yaqinlari borligini aytgan.

Shuningdek, mahbuslarning birortasiga ayblov qo‘yilmagani ma’lum qilindi.

Bu mahbuslar 2017 yilning yanvariga qadar ushbu qamoqxonani yopishga doir prezident Obama e’lon qilgan reja doirasida ozod qilindi.

Hozir ushbu qamoqxonadagi mahbuslar soni 80 kishiga tushdi. Bulardan 26 nafari hech bir jinoyati yo‘qligi aniqlangan mahbuslardir. Ularning yoz fasli ichida ozod qilinishi kutilmoqda.

Guantanamo mahbuslarining ko‘pchiligi biror ayblov va sudlovsiz saqlangani hanuz xalqaro jamoatchilik tanqidiga sabab bo‘lib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG