Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:11

Yaponiya zilziladan keyin qidiruv ishlariga 20 ming harbiyni jalb qildi


Yaponiya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan kuchli yer silkinishidan so‘ng qidiruv-qutqaruv ishlariga 20 ming harbiyni safarbar qildi.

250 mingdan ortiq aholi yana zilzila bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirilib, evakuatsiya qilindi.

Kuchlanishi 7,3 darajada bo‘lgan zilzila 16 aprel kuni tongga yaqin sodir bo‘ldi va kamida 32 kishi nobud bo‘ldi, mingga yaqin odam jarohatlandi. Aholi avvaldan ogohlantirilgani bois, insoniy talofotlar oz bo‘ldi, ammo aholi uylari va infrastrukturaga jiddiy zarar yetdi.

Bu Kyusyu oroli Kumamoto mintaqasida 30 soat ichida ketma-ket sodir bo‘lgan ikkinchi zilziladir. Birinchi zilzila 14 aprel kuni ro‘y berdi va unda 9 odam nobud bo‘ldi.

Yaponiyadagi eng halokatli zilzilalardan biri 2011 yilning 11 mart kuni ro‘y bergan. O‘shanda 15 mingdan ziyod odam nobud bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG