Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:59

Namanganlik hamshiralar ustama maoshlarning to‘lanishini talab qilmoqda


Namangandagi ko‘p tarmoqli markaziy shahar poliklinikasi
Namangandagi ko‘p tarmoqli markaziy shahar poliklinikasi

Namangan shahridagi ko‘p tarmoqli markaziy shahar poliklinikasi hamshiralari 2014-2015 yillarda ustama oyliklar berilmaganidan OzodMikrofon orqali shikoyat qildilar.

Ko‘plab hamkasblari nomidan arz qilayotganini aytgan hamshira Feruza Haydarovaning iddao qilishicha, ikki yil muqaddam poliklinika ma’muriyati hamshiralar nomiga 150 million so‘mga yaqin ustama maosh va premiyalarni o‘zlashtirib olgan.

U o‘z paytida viloyati prokuraturasi ayni ish yuzasidan tekshiruv ishlari olib borgani, biroq ustama maoshlar hamshiralarga hamon to‘lanmaganini aytdi.

Bu to‘g‘rida o‘sha paytda taftish bo‘ldi, qaygadir murojaat qilindi, yetkazildi. Viloyat prokuraturasi buning orqasiga tushdi, tekshiruvlar o‘tkazildi. Lekin o‘shanda kadrlar bo‘limi boshlig‘i va .... bo‘yniga ilindi bu narsa. Bosh vrach suvdan qup-qurug‘ chiqib ketdi. Yana hozir viloyat sog‘liqni saqlash boshliqlaridan bo‘lib yuriptilar.... Lekin bizning oyligimiz, o‘sha paytdagi premiyalarimiz bizga hech qanaqasiga hal qilib berilgani yo‘q”, dedi Namangan shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika hamshirasi Feruza Haydarova.

Haydarova bilan suhbatni quyida to‘liq tinglashingiz mumkin:

Феруза Ҳайдарова билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:09 0:00
Бевосита линк

---------------------------------------------------------------------------------------------------

Muhim eslatma: OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr-mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG