Линклар

logo-print

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan avtofleshmob boshlandi.

Bir qator Internet nashrlari, jumladan, Uznews.uz saytining xabar qilishicha, Samarqanddagi yuk mashinalarini ishlab chiqaruvchi MAN zavodi o‘zining yuk mashinalari "25" raqami shaklida tizilgan suratni tarmoqlarda yoygan.

Namangandagi vatanparvarlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 10 ta Captiva avtomobilini ayni shaklda terib, suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatdi.

Internet nashrlarining xabar qilishicha, bu fleshmob tashkilotchisi O‘zbekiston "Kamolot" yoshlar harakatidir.

Hozir bu harakat respublikaning turli viloyatlari bo‘ylab kasb-hunar kollejlari, turli hunarmandlik, san’at va sport maktablarida “Biz buyuk yurt farzandlarimiz!” nomi ostidagi festivalni o‘tkazmoqda.

Ushbu festival doirasida turli viloyatlardagi yoshlar ham "Vatanimga dil izhori!" nomi ostida fleshmob boshlagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu yoshlar u yoki bu ko‘rinishda O‘zbekistonga muhabbati va xizmati aks etgan va albatta, "25" raqami tushirilgan turli video, fotosuratlarni tarqatmoqda.

Jumladan, Buxorodagi gimnastikachi qizlarning 16 aprel kuni Youtube tarmog‘iga yuklangan videosi ijtimoiy tarmoqlarda aylanmoqda:

Facebook tarmog‘ida, shuningdek, qoraqalpog‘istonlik kollej o‘quvchilari tayyorlagan video ham "Kamolot" harakati a’zolari tomonidan targ‘ib qilinmoqda:

“Biz buyuk yurt farzandlarimiz!” nomi ostidagi yoshlar festivali O‘zbekistonda "Kamolot" yoshlar harakati tomonidan har yili o‘tkazib kelinadigan tadbirlardan biridir.

Har bir viloyatda bahor faslida o‘tkaziladigan bu tadbirga mahalliy hokimiyatlar, davlat tashkilotlari, ta’lim muassasalari majburiy-ixtiyoriy tarzda jalb qilinishi kuzatiladi.

Shuningdek, respublikadagi san’atkorlar, davlat va jamiyat arboblari turli viloyatlarda o‘tkazilayotgan festivallarda qatnashishi, ijodiy chiqish qilishi va ayni paytda, mahalliy aholi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi lozim.

Bu yil ushbu festival Qashqadaryo, Buxoro, Samarqand, Qoraqalpog‘iston viloyatlarida bo‘lib o‘tdi, hozir respublikaning boshqa viloyatlarida davom etmoqda

XS
SM
MD
LG