Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 01:01

Putin 2015 yilda atigi 133 ming dollar ishlaganini iddao qildi


Kreml tanqidchilari va g‘arb mamlakatlari rasmiylari Rossiya prezidenti Vladimir Putinni o‘z lavozimidan foydalanib, katta boylik to‘plab olganlikda ayblab kelishadi.

Tabiiyki, rasmiy hisobotlarda prezidentning boyligi ancha oz qilib ko‘rsatiladi

15 aprel kuni e’lon qilingan hujjatga ko‘ra, Putin 2015 yilda 8,9 million rubl daromad ko‘rgan.

2014 yilda esa prezidentning 7,6 million rubl olgani aytilgan edi.

E’lon qilingan deklaratsiyada Gelenjik shahrida Putin uchun qurilgani aytiladigan ulkan qasr haqida hech nima deyilmagan.

Hujjatga yozilishicha, Putinning bor mulki 77 m2 kvartira, 1500 m2 yer va 18 m2 garajdan iborat.

Bundan tashqari, prezident 153 m2 kvartiradan foydalandi.

Hujjatga ko‘ra, Putinda xorijda ishlab chiqarilgan qimmatbaho avtomobil ham yo‘q: unda Rossiyada ishlab chiqarilgan “Niva” va qayiq tashuvchi pritsep bor xolos.

Ammo hujjatda hech qanday qayiq tilga olinmagan.

2012 yil muxolifatchi Boris Nemsov e’lon qilgan hisobotda Putin to‘rtta qimmatbaho yaxtadan foydalanishi aytilgan edi.

Yaqinda Panamadagi Mossack Fonseca shirkatidan sizdirilgan hujjatlarga ko‘ra, Putinning bolalik do‘sti, peterburglik violonchelchi Sergey Roldugin nomi bilan ochilgan offshor shirkatlardan 2 milliard dollar qiymatga ega mablag‘ o‘tgan.

Panama hujjatlarida Putinning ismi tilga olinmagan bo‘lsa-da, Kreml tanqidchilari Roldugin nomi bilan ochilgan va boshqa bir necha hisobning yakuniy egasi Putin ekanligini iddao qilishmoqda.

Putin va Kreml esa bu iddaolarni zo‘r berib rab etib keladi.

Putinning 2015 yildagi daromadlari ko‘rsatilgan deklaratsiyada yozilishicha, prezident o‘tgan yilda moliyaviy jihatdan boshqa Rossiya rasmiylaridan, jumladan, o‘z matbuot kotibi Dmitriy Peskovdan ortda qolgan. Keyingi yillarda Peskov to‘plagan ulkan boyligi uchun keskin tanqid qilinib keladi.

Xabarlarga ko‘ra, kotib 600 ming dollarlik qo‘l soatiga ega bo‘lib, o‘zining yangi turmush o‘rtog‘i bilan haftasiga 350 ming yevro turadigan ulkan yaxtada asal oyini o‘tkazgan.

Rasmiy deklaratsiyada yozilishicha, Peskov 2015 yilda 36,7 million rubl ishlagan.

Turmush o‘rtog‘i Tatyana Navka esa 89 million rubl daromad olgan.

Rasmiy hujjatlarda Putin boyligi juda kamtar qilib ko‘rsatigan bo‘lsa-da, prezidentning qarindoshlari o‘ta boy ekanligini aniq.

Forbes jurnalining ruscha versiyasi mazkur haftada Putinning kuyovi ekani aytiladigan Kirill Shamalov 34 yoshda Rossiyaning eng yosh milliarderiga aylangani haqida xabar tarqatdi.

XS
SM
MD
LG