Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:19

Ekvadordagi zilzilada halok bo‘lganlar soni 246 kishiga yetdi


Ekvadorda deyarli 8 balli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 246 kishiga yetdi, 1500dan ortiq odam turli darajadagi jarohatlarni oldi.

Avvalroq, 16 aprel kuni kechga yaqin yuz bergan zilzilada, kamida 77 odam halok bo‘lgani va 600dan ortiq odam jarohatlangani xabar qilingan edi.

Zilzila epitsentri poytaxt Kitodan 150 kilometr narida bo‘ldi va natijada, poytaxtning ayrim qismida elektr va uyali aloqa uzildi.

Prezident Rafael Korrea mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi hamda Vatikanga safarini qoldirdi.

Ekvadorda eng kuchli zilzila 1979 yilda sodir bo‘lgan va o‘shanda 600 odam o‘lgan, 20 mingga yaqini jarohatlangan edi.

XS
SM
MD
LG