Линклар

logo-print

Qatar poytaxti Dohada neft ishlab chiqaruvchi davlatlar narxni ko‘tarish borasida murosaga erisha olmagani ortidan 18 aprel kuni Brent markasidagi neft xom ashyosi 6 foizga arzonladi.

Yakshanba kuni Qatarda neft ishlab chiqaruvchi davlatlar tashkiloti - OPEKka a’zo 16 davlat va Rossiya neft narxini barqarorlashtirish uchun ishlab chiqarishni muzlatish masalasini muhokama qilgan. Mazkur masalada uchrashuvda ishtirok etayotgan barcha davlat vakillari yagona fikrga kela olsa, shartnoma imzolanishi nazarada tutilgan edi.

Biroq Eron neft ishlab chiqarishni kamaytirmasligini, aksincha ko‘paytirishini bildirib, shartnoma imzolanishiga qarshi chiqdi. Eron o‘ziga nisbatan xalqaro sanksiyalar bekor qilingani ortidan neft qazishni kuniga bir millon barrelga ko‘paytirmoqchi.

Neft ishlab chiqaruvchi davlatlar vakillari bu masalada iyun oyida Venada navbatdagi muhokamaga yig‘iladi.

XS
SM
MD
LG