Линклар

Afg‘oniston shimolidagi Qunduz shahrida uch kundan beri Tolibonga qarshi janglar davom etmoqda.

Yakshanba kuni Tolibon bir muddat o‘z nazoratida bo‘lgan Qunduz shahrini egallash uchun yana hujumlarni uyushtirdi.

Qunduz politsiyasi rahbari yakshanba kuni shaharga kiraverishdagi bir qator blok-postlarga janggarilar hujum qilganini bildirdi. Unga ko‘ra, so‘nggi bir kun ichida 49 janggari o‘ldirilgan, 61 janggari yaralangan. Hukumat kuchlari askarlaridan esa 11 kishi halok bo‘lgan.

Bir necha kun oldin Tolibon harakati “bahorgi janggovar harakatlar” boshlanganini e’lon qilgan edi.

XS
SM
MD
LG