Линклар

logo-print

Rossiyada 22 yilga qamalgan ukrain uchuvchisi Nadejda Savchenkoning salomatligi keskin yomonlashdi. Bu haqda uchuvchining advokati Ilya Novikov 17 aprel kuni bildirdi.

Nadejda Savchenko 22 mart kuni Rostov viloyati Donetsk shahar sudi tomonidan Ukraina sharqida rus jurnalistlari o‘limiga aloqadorlikda aybdor deb topilib, 22 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.. Sud hukmi 5 aprel kuni kuchga kigan. 6 apreldan esa Nadejda Savchenko o‘zining Ukrainaga qaytarilishini talab qilib, ochlik e’lon qilgan edi.

Ukrain prezidenti Petro Poroshenko Nadejda Savchenkoni Ukraina sharqidagi janglarda ishtirok etganlikda ayblanib sudlanayotgan rossiyalik Aleksandr Aleksandrov va Yevgeniy Yerofeevga almashtirishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

Savchenko sudda o‘ziga bildirilgan ayblovlarni tan olmagan va rossiyalik jurnalistlar o‘ldirilgan paytda u Rossiya qamoqxonasiga olib kelinganini aytgan.

Nadejda Savchenko 2014 yil yozida Ukrainadan o‘g‘irlanib, Rossiyaga olib ketilgan edi.

XS
SM
MD
LG