Линклар

"O‘zbekneftegaz" shirkati 2016 yil oxirigicha O‘zbekiston- Xitoy gaz quvurining to‘rtinchi tarmog‘i loyihasi texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqadi.

"O‘zbekneftegaz" shirkatining bildirishicha, uzunligi 200 kilometrni tashkil qiladigan quvurning loyihaviy qiymati 800 million dollarni tashkil qiladi.

O‘zbekiston - Xitoy gaz quvurining to‘rtinchi yo‘nalishini barpo etish Xitoy tomonidan moliyalanadi. Mazkur quvur to‘la ishga tushirilganidan so‘ng Xitoyga yiliga O‘zbekistondan 20 milliard kubometr gaz sotish imkoniyati paydo bo‘ladi.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning 2014 yilda Xitoyga tashrifi chog‘ida, O‘zbekiston-Xitoy gaz quvurining to‘rtinchi tarmog‘ini qurish bo‘yicha memorandum imzolangan edi.

XS
SM
MD
LG