Линклар

logo-print

O‘zbekistonda 2016 yilning birinchi choragida yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu davriga solishtirganda 7,5 foizga o‘sdi. Bu haqda O‘zbekiston vazirlar mahkamasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Rasmiy bildiruvda aytilishicha, birinchi chorakda sanoat ishlab chiqarishi 7 foizga, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish 6,7 foizga, xizmat ko‘rsatish 12,1 foizga, tovar ayriboshlash12,8 foizga ko‘paydi.

Hukumat matbuot xizmati yanvar-mart oylari oralig‘ida o‘zlashtirilgan sarmoyalar miqdori 8,5 foizga, jumladan, xorij sarmoyalari 14,4 foizga ko‘payganini ham ma’lum qilgan.

XS
SM
MD
LG