Линклар

18 aprel kuni jahon bozorida neft narxi ikki oy mobaynidagi rekord darajada quladi. Yakshanba kuni neft eksport qiluvchi mamlakatlar Dohadagi yig‘inda ishlab chiqarish ko‘lamini qisqartirish borasida murosaga kelisha olmaganidan keyin Nyu York birjasida Brent rusumidagi neftning fyuchers narxlari 6,8 foizga sho‘ng‘ib, bir barrel uchun 37,61 AQSh dollarini tashkil qildi.

Bu 1 fevraldan beri bir kunlik savdoda narxrning rekord darajadagi qulashidir.

Buning ortidan Rossiya qimmatbaho qog‘ozlar birjasidagi ko‘rsatkichlar ham o‘rtacha 4 foizga arzonladi. Rossiya rubli ham dollar va yevroga nisbatan 3 foizga qadrsizlandi.

17 aprel kuni Qatar poytaxtidagi yig‘inda Rossiya va neft eksport qiluvchi davlatlar uyushmasi – OPEKning Erondan tashqari barcha a’zolari ishtirok etdi.

10 soatdan ortiq davom etgan muzokaralar natijasiz yakunlandi. Neft eksporti hajmi bo‘yicha yetakchi davlat bo‘lgan Saudiya Arabistoni ishlab chiqarish hajmini muzlatishga doir har qanday kelishuv OPEKnign barcha a’zolariga taalluqli bo‘lishi shart deya bayon qildi.

Lekin uyushma a’zosi bo‘lgan Eron ishlab chiqarish ko‘lamini Tehronning yadroviy dasturiga bog‘liq xalqaro sanksiyalar joriy etilishidan avvalgi darajaga chiqarmaguniga qadar qazib olish ko‘lamini oshirishda davom etishini aytmoqda.

XS
SM
MD
LG