Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:54

AQSh Mudofaa vaziri "Islomiy davlat"ga qarshi kurash masalasini muhokama qilgani Iroqqa keldi


AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karter e’lon qilinmagan tashrif bilan Bag‘dodga keldi. Tashrif davomida Karter AQSh Iroqq “Islomiy davlat” ekstremist guruhiga qarshi kurashda ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ko‘mak masalasini muhokama etdi.

18 aprel kuni AQShning yuqori darajadagi mulozimidan “kichik miqdordagi” AQSh askarlari urush zonasiga tashlanishi to‘g‘risidagi so‘zlaridan iqtibos keltirildi.

Karterning bu masalani Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy, Mudofaa vaziri Xolid al-Ubaydiy va AQSh generali Shon Makfarland bilan muhokama etishi kutilmoqda. General MakFarland “Islomiy davlat”ga qarshi kurashda AQSh qurolli kuchlari qo‘mondonidir.

Qo‘shma Shtatlar “Islomiy davlat” guruhiga qarshi havo zarbalarini amalga oshirayotgan xalqaro koalitsiyaga yetakchilik qilmoqda. Bundan tashqari Iroq va Suriyada jangari guruhga qarshi kurashayotgan kuchlarni tayyorgarlikdan o‘tkazish bilan shug‘ullanmoqda.

XS
SM
MD
LG