Линклар

Braziliya parlamentining quyi palatasi mamlakat prezidenti Dilma Russefni impichment qilish jarayonini boshlash masalasini ma’qulladi.

Buning uchun talab etilgan quyi palata a’zolarining uchdan ikki hissasi 17 aprel kuni kechqurun o‘tkazilgan ovoz berishda “ha”, deb ovoz berdi. Deputatlarning ovoz berish jarayoni televidenieda to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilib turdi.

68 yoshli prezident Russef davlat byudjetini suiiste’mol qilganlik va korrupsiyada ayblanmoqda. Prezident o‘ziga nisbatan ayblovlarni rad etib, o‘zini hokimiyatdan ketkazish urinishlarini “davlat to‘ntarishi”, deya atamoqda. Russef doxil so‘lchi Ishchilar Partiyasi 13 yil avval kambag‘allar hayotini yaxshilash va’dalari bilan hokimiyat tepasiga kelgan.

Impichment chorasiga doir masala endi parlament yuqori palatasiga oshiriladi. Senatorlar bu masalani ma’qullasa, Russef senatda mahkamaga tortiladi va aybdor deb topilgan taqdirda, vazifasidan chetlatiladi.

XS
SM
MD
LG