Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:37

Rossiya Tergov qo‘mitasi AQShning "destruktiv" ta’siriga qarshi kurash uchun tanqidlarni bo‘g‘ishga chaqirdi


Rossiya Tergov qo‘mitasi boshlig‘i Qo‘shma Shtatlarning “destruktiv” ta’siriga qarshi chora ko‘rish maqsadida inson huquqlarini cheklashga doir navbatdagi choralarni joriy etishga chaqirdi.

“Kommersant Vlast” nashriga yozgan maqolasida Aleksandr Bastrikin Rossiya “AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan boshlangan gibrid urush” girdobida qoldi va hozirda “ochiq qarama-qarshilikka” kirishdi, deya iddao qildi.

Bastrikin Qo‘shma Shtatlarni muxolifat partiyalarini moliyalaganlik, Ozarbayjonning Tog‘li Qorabog‘ ayirmachi mintaqasida qurolli to‘qnashuvni keltirib chiqarganlik va Yaqin Sharqda vaziyatni beqarorlashtirganlikda aybladi.

Tergov qo‘mitasi boshlig‘i shuningdek “tarixiy faktlarga oid ma’lumotlarni qalbakilashtirilgani”ni qoralab, Rossiyaning 2014 yilda Qrimni anneksiya qilganiga doir har qanday tanqidni qonun bilan jazolashga chaqirdi.

Rossiya, deb yozdi u, “xalq referedumi natijalarini inkor qilishni” ekstremizmga qarshi qonunlariga kiritishi lozim.

XS
SM
MD
LG