Линклар

OzodlikOnline: O‘zbek muhojiri vatanidan kindigini uzdimi?


Sankt Peterburgdagi o‘zbekistonliklar sonining mahalliy aholi nufusiga tenglashib qolgani aytiladi.

Sankt Peterburgdagi o‘zbekistonliklar sonining mahalliy aholi nufusiga tenglashib qolgani aytiladi.

Mehnat muhojiratiga chiqish ommaviy tus olganidan beri o‘tgan 20 yil davomida o‘zbek muhojirlari ertami-kechmi O‘zbekistonga qaytib¸ xorijda topganiga farzandlari bilan farovon yashash orzusidan voz kechmay keldi. Ammo bugunga kelib nima bo‘lsa-bo‘lsin¸ O‘zbekistonga qaytmayman¸ deguvchilar soni ko‘paymoqda. Xorijdagi o‘zbeklar zehniyatida burilish davri – vatan bilan hissiy aloqani uzish davri boshlandimi? Seshanba kungi jonli suhbatda shu haqda gaplashamiz.

Janubiy Koreya mamlakatda nolegal yashab kelgan muhojirlarga amnistiya e’lon qilganiga qaramay¸ Koreyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojiri vatanga qaytish niyatidan yiroq.

Rossiya va Qozog‘istonda iqtisodiy inqiroz bois ish topish imkoni kamayib¸ topgan daromadi bir necha baravarga kamayganiga qaramay¸ o‘zbek mardikori bu yerlarni tark etish rejasidan yiroq.

Huquq tizimlari vatanga qaytsin deb¸ uyidagilarga turli bosim qilayotganiga qaramay¸ dunyoning to‘rt tomoniga sochilgan o‘zbek muhojiri yurtiga qaytishni o‘ylamayotir.

O‘zbeklarning xorijda pul qilib¸ so‘ngra vatanga qaytib yaxshi yashaymiz¸ degan 20 yillik orzusi sarobga aylandimi?

Xorijga chiqqan o‘zbekistonliklar o‘zi va bolalari kelajagini O‘zbekiston bilan bog‘lash fikridan uzoqlashmoqdami?

O‘zbekistonliklarni o‘z vatanidan uzoqlashtiraëtgan sabablar nimada?

Siz bu borada qanday qaror bergansiz?

Vatanga qaytmaslik haqda qaror bergan bo‘lsangiz¸ bunday mushkul qaror berishga majburlagan omillar¸ xususan¸ so‘nggi turtki nima bo‘ldi?

Seshanba¸ 19 aprel kungi jonli interaktiv suhbatimiz shu mavzuga bag‘ishlanadi. MuloqotgaOzodSkype, OzodOvoz va OzodlikOnline Skype manzillari¸ shuningdek¸WhatsApp, Telegram, Viber, IMOdan +420 724 971 539 raqamiga telefon qilish orqali bevosita qo‘shilishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG