Линклар

Ekvador rasmiylari 16 aprel kuni sodir bo‘lgan zilzilada nobud bo‘lganlar soni kamida 350 kishiga yetgani haqida ma’lum qildilar.

Rasmiylar nobud bo‘lganlar soni bundan buyon ham ortishi mumkinligidan tashvishdalar, chunki, ularning taxminicha, qulagan binolar ostida ham ko‘plab odam ko‘milib qolgan bo‘lishi mumkin.

Kecha qidiruv ishlarida ko‘maklashish uchun Ekvadorga Shveysariya, Ispaniya va Lotin Amerikasidagi qator mamlakatlardan qutqaruvchilar kelgan.

Epimarkazi poytaxt Kitodan 150 kilometr narida bo‘lgan va kuchlanishi qariyb 8 ballga yetgan zilzila tufayli minglab odam jarohatlangani, bu yerda elektr va uyali aloqa uzilgani aytilmoqda.

Ekvador rasmiylari shanba kungi zilzila 1979 yildan buyon sodir bo‘lgan yer silkinishlarining eng yomoni ekanini aytmoqdalar. 37 yil muqaddam ro‘y bergan zilzilada bu mamlakatda 600 kishi nobud bo‘lgan, 20 ming kishi tan jarohati olgandi.

XS
SM
MD
LG