Линклар

20 apreldan O‘zbekiston poytaxtida “Toshkent” vokzali – Chilonzor-26 mavzei yo‘nalishi bo‘yicha qatnaydigan 9-tramvay va “Toshkent” vokzali – Qo‘yliq markazi yo‘nalishi bo‘yicha qatnaydigan 13-tramvay o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Bu haqda uz24.uz sayti “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati ma’lumotiga tayangan holda xabar tarqatdi.

Mazkur tramvaylar o‘rniga bu yo‘nalish bo‘ylab aprel oyi boshidan T9 va T13 avtobuslari qatnay boshlagan.

O‘tgan hafta boshida 12- va 26-tramvay yo‘nalishlari yopilgandi.

Poytaxtda barcha tramvay yo‘nalishlari yopilishi haqida Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov mart oyi boshida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgandi.

Tramvaylardan voz kechilishiga bu transport turining samarasizligi sabab o‘laroq keltirilgan.

XS
SM
MD
LG