Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:25

Sochida o‘zbekistonlik 79 yoshli nafaqaxo‘rni chopib o‘ldirganlikda ayblanmoqda


Rossiyaning Sochi shahrida 47 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ichkilik ta’sirida 79 yoshli nafaqaxo‘rni bolta bilan chopib o‘ldirgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasining ma’lum qilishicha, voqea o‘tgan yilning dekabr oyida Sochining Altmets mahallasida ro‘y bergan. O‘zbekistonlik muhojir nafaqaxo‘rdan qarz so‘ragan, rad javobi olgach boltani ko‘tarib unga hujum qilgan.

O‘zbekistonlikning jinoyati shu bilan cheklanmagan. U cholning uyidagi qimmat buyumlari va kompyuterlarini o‘g‘irlaganlikda ham ayblanmoqda.

Hozirda mazkur qotillik bo‘yicha Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi prokuraturasi ish olib bormoqda.

O‘zbekistonlik aybli deb topilsa bir umrga qamalishi mumkin.

XS
SM
MD
LG