Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:20

O‘zbekistonlik urush faxriylariga 800 ming so‘mdan tarqatiladi


O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi faxriylariga 800 ming so‘mdan pul mukofoti beriladi. O‘zbekiston prezidentining 18 aprel kuni imzolagan farmonida pul mukofoti 9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi hamda Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 71 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlariga tarqatilishi aytilgan.

Faxriylarga mukofotni davlat byudjeti hisobidan berish ko‘zda tutilgan.

“O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlasin”, deyiladi prezident farmonida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu kunda O‘zbekistonda 3109 nafar urush qatnashchisi va 69 ming 994 nafar mehnat jabhasi faxriysi istiqomat qiladi.

XS
SM
MD
LG