Линклар

O‘zbekistonda ishlab chiqilgan Ravon Gentra avtomobillari Rossiyada joriy yilning birinchi choragida 7 foizga ko‘p sotildi. O‘tgan uch oy ichida Rossiyada GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi ishlab chiqargan 4532 dona Ravon Gentra sotilgani aytilmoqda.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16 foizga kamdir. Shunga qaramay, bu Ravon Gentra avtomobilining Rossiyada eng ko‘p sotilgan avtomobillar 25 taligiga kirishiga mone’ bo‘lolmagan.

Mazkur sedanga bo‘lgan talabning oshishi uning sifati yaxshi bo‘lgani holda narxi arzon ekani bilan bog‘lanmoqda.

Ravon Gentra avtomobilining Comfort deb atalgan modifikatsiyasini shu kunda Rossiyada 439 ming rubldan yoki 6,5 ming dollardan sotib olish mumkin.

XS
SM
MD
LG