Линклар

logo-print

Toshkentdagi “Oybek” metrosi oldida telefonni zaryadlash qurilmalari bilan jihozlangan avtobus bekati paydo bo‘ldi.

Nuz.uz nashrining xabar qilishicha, endilikda bu bekatda avtobus yoki yo‘nalishli taksi kutayotgan yo‘lovchilar, agar zaryadlovchi qurilma bo‘sh bo‘lsa, fursatni boy bermay, telefonini zaryad qilib olishi mumkin.

G‘ayrioddiy bekat surati ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lishi bilan foydalanuvchilardan turli-tuman sharhlar yog‘ila boshlagan. Ayrimlar bekat bu shaklda uzoqqa bormasligini aytsalar, boshqalar poytaxtda bunaqa bekatlar ko‘payishiga umid bildirganlar.

XS
SM
MD
LG