Линклар

Rossiya Adliya vazirligi Qrim-tatar xalqi majlisini ekstremistik tashkilotlar ro‘yxatiga qo‘shdi va uning faoliyatini taqiqlab qo‘ydi. Vazirlik saytida xabar qilinishicha, bu qaror Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim prokurori Natalya Poklonskaya qarori asosida qabul qilingan.

Ukraina hukumati tomonidan 1999 yili jamoatchilik tashkiloti o‘laroq ro‘yxatga olingan Qrim-tatarlar majlisi yarimorolning Rossiyaga kuch bilan qo‘shib olinishiga qarshi chiqib keladi.

Sanog‘i 2,5 million kishiga yetadigan tatarlar Qrim aholisining 12 foizini tashkil etadi. Ularning ko‘pi 2014 yil martida yarimorol Rossiya tomonidan anneksiya qilinganidan keyin Qrimni tark etgan.

Yarimorolda qolgan tatarlar esa Moskva dastaklayotgan rasmiylar tomonidan turli bosim va tazyiqlarga uchrayotganidan shikoyat qilib keladilar.

Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari va G‘arb hukumatlari Qrim anneksiyasidan keyin Rossiya rasmiylarining turkiyzabon va musulmon bu millatga munosabati yuzasidan keskin tanqidiy chiqishlar qilgan.

Rossiya Adliya vazirligi qarori Majlisni davlat ommaviy axborot vositalarida chiqish qilish, yig‘ilishlar o‘tkazish, saylovlarda ishtirok etish hamda banklarda maxsus hisob raqamiga ega bo‘lish huquqidan mahrum qiladi.

XS
SM
MD
LG