Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:55

Ukrainada ayirmachilar bilan birga jang qilganlikda ayblangan ikki rossiyalik qamaldi


Kiev sudi mamlakat sharqida ayirmachilar bilan birga jang qilganlikda ayblangan rossiyalik ikki fuqaroni 14 yildanga ozodlikda mahrum qildi.

18 aprel kuni sud Rossiya fuqarolari bo‘lgan Aleksandr Aleksandrov va Yevgeniy Yerofeevni Ukraina sharqida terror xurujlari va tajovuzkor harbiy harakatlarda ishtirok etganlikda aybdor, deb topdi va ular ustidan hukm o‘qidi.

Sudlangan rossiyaliklar ayblarini bo‘yinlariga olmadilar va 2015 yil mayida Lugansk viloyatida qo‘lga olingan paytda rossiyalik harbiy ekanlarini e’tirof etgan avvalgi videobayonotlaridan bosh tortdilar. Ular mazkur e’tirof kuch ishlatilgan holda olinganini iddao qildilar.

Moskva Yerofeev va Aleksandrov asirga olingan paytda davlat xizmatida bo‘lmaganini ta’kidlab keladi. Rossiya Ukraina sharqida hukumat qo‘shinlari bilan jang qilayotgan ayirmachilarni dastaklash uchun ularga qurol-aslaha yetkazib berayotganlik, ularni o‘qitayotganlik va harbiy mutaxassislar yo‘llayotganlikka oid ayblovlarni rad qilib keladi.

Avvalroq Kiev rasmiylari Yerofeev va Aleksandrov Rossiya qamog‘ida o‘tirgan ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenkoga almashtirilishi mumkinligi haqida bir necha marta bayonot berganlar.

XS
SM
MD
LG