Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:43

O‘zbekistonga Qirg‘izistondan qazilgan yer osti yo‘lining chiqish joyi topildi


O‘zbek-qirg‘iz chegarasini tikonli sim bilan to‘sayotgan chegarachilar.
O‘zbek-qirg‘iz chegarasini tikonli sim bilan to‘sayotgan chegarachilar.

Bu haqda O‘zbekiston MXXning Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi 18 aprel kuni kechqurun matbuotga xabar tarqatdi. 25 mart kuni o‘zbek chegarachilari Qirg‘izistondan O‘zbekistonga qazilgan 110 metrli maxfiy yer osti yo‘li topilganini, ammo qirg‘iz tomoni tezkor-qidiruv amaliyoti o‘tkizilganiga qaramay, yer osti yo‘lining Qirg‘izistondan chiqadigan joyi topilmayotganini bildirgan edi.

Ўзбекистонга Қирғизистондан қазилган ер ости йўлининг чиқиш жойи топилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:56 0:00
Бевосита линк

O‘zbekiston MXXning Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasining matbuot uchun tarqatgan ma’lumotnomasida aytilishicha, bir necha kun oldin o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi “O‘zbekiston” chegara bekatida ikki davlat chegara xizmati rasmiylari uchrashgan.

O‘zbekiston tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda qirg‘iz tomoni Qirg‘izistondan O‘zbekistonga qazilgan 110 metrli maxfiy yer osti yo‘lining Qirg‘izistondan chiqadigan joyi topilganini ma’lum qilgan.

O‘zbek chegara qo‘mitasi tarqatgan ma’lumotnomada, mazkur yo‘l kontrabandachilar tomonidan foydalanib kelingani aytiladi.

“Qirg‘izistonlik hamkasblarimiz o‘tkazilgan amaliyotlar natijasida mazkur maxfiy yer osti yo‘li Qirg‘izqishloq hududida yashovchi Sele Sapaevaning hovlisidan topilganini bildirdi va bizga mazkur fakt bo‘yicha o‘tkazilgan dastlabki tergov natijalarini taqdim etadi”, deyiladi O‘zbekiston MXXning Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi ma’lumotnomasida.

Mazkur xabarni Qirg‘iziston Chegara xizmati ham tasdiqladi.

- 2016 yilning 16 aprel kuni “Qizilqiya avtodorojniy” chegara o‘tkazish punktida Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegara xizmati vakillari uchrashdi. Bu uchrashuvda qirg‘iz tomoni O‘zbekistonga qazilgan maxfiy yer osti yo‘li topilganini va bu borada tergov ishlari olib borilayotgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etdi, - dedi Qirg‘iziston Chegara xizmati matbuot kotibi Sajira Cho‘qo‘lo‘eva.

25 mart kuni O‘zbekiston chegarachilari Botken viloyati Qadamjoy tumanidagi Qirg‘izqishloqdan O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidagi Oltiariq tumani Bo‘rbaliq qishlog‘iga qazilgan maxfiy yer osti yo‘li topilganini ma’lum qilgan edi. Chuqurligi 7-8 metr keladigan yer osti yo‘lining uzunligi 110 metr bo‘lgan. Bu yer osti yo‘li chegaraning ikki tomonida joylashgan aholi uylarini bir-biri bilan bog‘lagan.

O‘zbek tomoni bu yo‘l orqali O‘zbekistonga ekstremistlar o‘tgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi tahminlarni ham bildirgan edi. O‘shanda bu yo‘l 17 mart kuni o‘zbekistonlik chegarachilar tomonidan oshkor qilingani aytilgan.

Biroq Qirg‘iziston chegarachilari 29 mart kuni yer osti yo‘lining qirg‘iz tomoniga olib chiqadigan joyi topilmayotgani haqida bayonot tarqatgan edi.

Qirg‘iziston Chegara xizmati matbuot kotibi Sajira Cho‘qo‘lo‘evaning aytishicha, maxfiy yo‘lning chiqish joyi 9 aprel kuni qirg‘iz chegarachilari hamda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi hamkorlikda o‘tkazgan tezkor-qidiruv amaliyoti paytida topilgan.

- Tunnelning balandligi 70 santimetr atrofida, eni esa 60 santimetr ekani aniqlandi. Hozir tergov ishlari davom etmoqda. Tergov tugamaguniga qadar bu borada qo‘shimcha ma’lumotlarni ayta olmaymiz, - dedi Sajira Cho‘qo‘lo‘qeva.

O‘zbekiston mazkur yer osti yo‘li topilganidan so‘ng 18 mart kuni Qirg‘iziston bilan barcha chegaralarini bir tomonlama yopgan va bahsli bo‘lib turgan Chalasart hududiga harbiy texnika hamda askar kiritgan edi.

O‘shanda O‘zbekiston buni Navro‘z bayrami munosabati bilan xavfsizlikni kuchaytirish tadbiri, deb atagan va faqat 25 mart kuni Qirg‘izistonga er osti yo‘lining topilishi xavfsizlik choralari kuchaytirilishiga sabab bo‘lganini ma’lum qilgan. 26 mart kuni esa Chalasartdan o‘zbek askarlari va harbiy texnikasi olib chiqib ketilgan.

Ikki davlat o‘rtasida bahsli bo‘lib turgan Chalasart hududiga o‘zbek harbiy texnikasi va askarlarining kirtilishi bungacha ham iliq bo‘lmagan O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarini yanada keskinlashuviga sabab bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG