Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:02

Ukraina prezidenti Savchenkoni ozod etish bo‘yicha Moskva bilan kelishilganini bildirdi


Ukraina prezidenti Petro Poroshenko ukrainalik harbiy uchuvchi Nadejda Savchenkoni Rossiya qamog‘idan ozod etish yo‘llari haqda Kiev va Moskva kelishganini bildirdi.

Janob Poroshenko bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkazgan telefon muloqoti ortidan ta’kidladi.

- Men uchun ukrainalikni Rossiya qamog‘idan qutqarish prinsipail masaladir, - dedi Poroshenko.

Savchenko Rossiya mahkamasi tarafidan ikki jurnalist o‘limida ayblanib, 22 yilga qamalgan.

Ayni paytda Kievdagi mahkama mamlakat sharqida ayirmachilar bilan birga jang qilganlikda ayblangan rossiyalik ikki fuqaroni 14 yildanga ozodlikda mahrum qildi.

18 aprel kuni sud Rossiya fuqarolari bo‘lgan Aleksandr Aleksandrov va Yevgeniy Yerofeevni Ukraina sharqida terror xurujlari va tajovuzkor harbiy harakatlarda ishtirok etganlikda aybdor, deb topdi va ular ustidan hukm o‘qidi.

Rossiya matbuotida Moskva va Kiev ikki rus harbiysini ukrainalik uchuvchiga almashtirish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Lekin, Kremldagilar bu borada izoh berishmayapti.

XS
SM
MD
LG